Ming yillarga borgandir yoshi,
Bulutlarni «silaydi» boshi.

Baxoru-yoz turar koʼkarib,
Oʼzi bir oz qolibdi qarib.

Gullaganda baxor faslida,
Bolarilar «oʼynar» gulida.

Qush uyasi bexisob unda,
Oftob nuri «mexmon»da kunda.

Soya-salqin qiladi yozda,
Umri oʼtar shunday alfozda.

Tanasiga yetmaydi quloch,
Shunday ulkan — sadaqayragʼoch!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz