Nuragan va eski bir devor,
Qad koʼtarib turardi arang.
Uy egasi naxot bexabar,
Tiranchiq xam qoʼymabdi qarang.

Yomgʼir quydi bir kuni «savab»,
Devor xoli boʼldi juda tang.
Soʼng «gup» etib, tushdi agʼanab,
Uy egasi der edi: -«Аttang!».

Ming afsuski, kundalik xayot,
«Аttang»larga serob juda xam.
Аfsus qilib, chekmasdan faryod,
Xarakatni boshlang siz ildam!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz