Boks bo‘yicha mutlaq og‘ir vazn toifasida sobiq Jahon chempioni Mayk Tayson va to‘rtta vazn toifasi sobiq chempioni Roy Jons bilan bo‘lajak jangiga hamma ham jiddiy yondashmayotganidan norozi bo‘ldi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Getty Images

Bu jangning haqiqiy bo‘lmasligi haqida gapirayotganingizga tushunmayapman. Bizda Mayk Tayson va Roy Jons bor. Biz jangga kirishamiz. Umid qilamanki, Roy ham jangga kiradi. Siz bilishingiz kerak bo‘lgan narsa shu.

Mayk Tayson, bokschi

Eslatib o‘tamiz, Tayson va Jons o‘rtasidagi jang 28-noyabr kuni Kaliforniyada (AQSh) bo‘lib o‘tadi. Rasmiy ravishda ularning bellashuvi ko‘rgazmali jang sifatida e’tirof etiladi.

Ma’lumot uchun, Roy Jons professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Mayk Tayson esa professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

От qwert.uz