Turkiya g‘arbida 6,6 magnitudali zilzila yuz berdi, epimarkaz Izmir viloyatining Seferlixisar shahri atrofida joylashgan. Bu haqda Turkiya Favqulodda vaziyatlar va tabiiy ofatlar agentligi xabar berdi, deb yozmoqda “RIA Novosti” — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Twitter / @aa_russian
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 16,5 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Turkiya OAVlari va guvohlarning xabar berishicha, yer silkinishi mamlakat g‘arbidagi turli viloyatlarda va Istanbulda sezilgan. Jabrlangan va moddiy zarar haqida hozircha ma’lumot yo‘q.
Izmir merining bosh kotibi Bugra Gyokchening ma’lum qilishicha, yer silkinishi Turkiya g‘arbida sezilarli vayronalarni keltirib chiqargan, shahardagi bir nechta uy buzilgan.
Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluning ma’lum qilishicha, Izmirda oltita uy vayron bo‘lgan.