Saudiya Arabistoni hukumati kosmosni tadqiq etish bo‘yicha o‘z dasturini rivojlantirishga katta sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. 2030-yilga borib mamlakat sohani moliyalashtirishni 8 milliard riyolga (2,1 milliard dollar) oshirishi kerak, deb xabar beradi “Korrespondent.net”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: NASA

Sarmoya kiritish iqtisodiy diversifikatsiya rejasi doirasida ko‘z tutilgan. Xususan, u xorijiy investitsiyalarni jalb etish va yosh saudiyaliklar uchun minglab ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan.

2018-yil oxirida yaratilgan Saudiya Arabistoni Milliy kosmik agentligi (SSC) hukumatga kosmik dasturini rivojlantirish bo‘yicha rejasini taqdim etgan. Taxminlarga ko‘ra, u shu yilning o‘zida e’lon qilinadi.

SSC rahbari va arab mamlakatlarining birinchi kosmonavti 64 yoshli shahzoda Sulton ibn Salmon al-Saudning ta’kidlashicha, kosmik sohada ko‘plab imkoniyatlar mavjud. Saudiya Arabistoni esa undan maksimal darajda foydalanish niyatida. Eslatib o‘tamiz, 1985-yilda shahzoda Amerikaning Discovery kemasi bilan kosmosga uchgan edi.

Shahzoda Sulton ibn Salmon al-Saud 18 yil davomida Saudiya Arabistonining Turizm va meros bo‘yicha komissiyasiga rahbarlik qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, podshohlik kosmos yo‘nalishida global o‘yinchiga aylanishga urinmoqda. Va kosmosni zabt etish saudiyalariklarning avlodlari uchun yangi istiqbollarni sovg‘a qiladi.

Shahzodaning aytishicha, AQSh, Rossiya, Xitoy, Hindiston va BAAdagi kosmik agentliklar bilan qator bitimlarni imzolashni reja qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Saudiya Arabistoni koinot turizmi bilan shug‘ullanadigan Virgin guruhi uchun 1 milliard dollar ajratishi ma’lum bo‘lgandi.

От qwert.uz