Janubiy Koreyaning “Seul” klubi himoyachisi Kim Nam Chun 30-oktabr, juma kuni vafot etdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Instagram/@alibaev_9
Janubiy Koreya matbuotining mahalliy politsiyaga tayanib xabar qilishicha, 31 yoshli futbolchi Seul janubi-sharqidagi avtoturargohlarning birida o‘z mashinasida o‘lik holda topilgan.
Key-Liga vakilining ta’kidlashicha, Kim o‘z joniga qasd qilgani taxmin qilinmoqda. Politsiya qotillik yoki boshqa birorta qonunbuzarlik holatini payqamagan.
Klub ham o‘yinchining o‘limini tasdiqlagan.
Eslatib o‘tamiz, “Seul” jamoasida o‘zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboyev harakat qiladi. Ikrom Instagram sahifasi orqali jamoadoshi bilan vidolashgan.
“Biz ertaga nima bo‘lishini bilmaymiz. Shu sabab har kuni, har daqiqa, har soniyada bir-biringizni seving, qadrlang. Aks holda keyin kech bo‘lishi mumkin. Alvido”, — deya yozadi Aliboyev.
Kim Nam Chun “Seul”ning asosiy o‘yinchilaridan hisoblanib, Key-Liga 2020-yilgi mavsumida 22 ta uchrashuv o‘tkazgandi.