Uy sharoitida tayyorlangan taom ham foydali, ham ishonchli bo‘ladi. Quyidagi retsept orqali kolbasa tayyorlab ko‘rgandan keyin esa tayyorini xarid qilishingizga hojat qolmaydi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Lifehacker
Kerakli mahsulotlar:
- Suv — 3 l;
- Tovuq go‘shti;
- Piyoz — 1 dona;
- Sabzi — 1-2 dona;
- Jelatin — 10 gr;
- Lavlagi — 1 dona;
- Sarimsoq piyoz;
- Lavr yaprog‘i;
- Ta’bga ko‘ra tuz, murch, paprika.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qozonga suv soling.
- Unga tovuq, piyoz, sabzi, lavr yaprog‘i, tuz va murchni solib, taxminan 1 soat davomida qaynating.
- Bulyondan 300 ml olib idishga soling, soviganidan keyin jelatin qo‘shing.
- Lavlagini qirg‘ichdan chiqarib, suvini siqib oling, bir qoshiq yetadi.
- Tovuq go‘shtini suyaklaridan ajratib idishga soling, ustiga murch, paprika, maydalangan sarimsoq va lavlagi suvini qo‘shing.
- Jelatinli bulyon va tovuqli aralashmani qo‘shib blenderda aralashtiring.
- Plastik “butilka”ning ingichka qismini olib tashlang.
- Aralashmani “butilka” ichiga soling (havo kirib qolmasligiga e’tibor bering).
- Qandolat plyonkasi bilan ustini yopib, 10 soatga muzlatkichga qo‘ying.
- Vaqt o‘tganidan keyin “butilka”dan ehtiyotkorlik bilan tayyor kolbasani chiqarib oling.
Yoqimli ishtaha!