Jeyms Bond roli bilan mashhurlikka erishgan Shon Konneri 90 yoshida vafot etdi

Shotlandiyalik aktyor va prodyuser Shon Konneri 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning oila a’zolariga tayanib, BBC xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Pikabu

Shon Konneri umri davomida 70 dan ortiq filmlarda rol ijro qilgan. Jeyms Bond roli bilan mashhurlikka erishgan Konneri “Josus 007” haqidagi yettita filmda suratga tushgan. Ta’kidlanishicha, so‘rovlar natijasiga ko‘ra, Konneri josusga oid franshizada Bond rolini ijro etgan eng yaxshi aktyor hisoblanadi.

Shon Konneri ishtirokidagi “Qizil oktabr ovi”, “Indiana Jons va so‘nggi salib yurishi” va “Qoya” filmlari mashhurlikka erishgan. 1998-yilda Shon Konneri “Daxlsizlar” dramasida o‘ynagan ikkinchi plandagi roli uchun “Oskar”ga loyiq ko‘rilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilda Jeyms Bond haqidagi uchta film rejissori Lyuis Gilbert vafot etgandi.