Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston viloyat markaziy hududlari kesimida tayyor palovning o‘rtacha narxlari to‘g‘risida ma’lumot berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
Foto: Pinterest
Qo‘mita tomonidan mamlakatning markaziy hududlaridagi umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)da kuzatuv o‘tkazildi.
Kuzatuv natijalari bo‘yicha palovning o‘rtacha narxlari quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ldi:
Foto: Davlat statistika qo‘mitasi
Ma’lum qilinishicha, respublikadagi eng qimmat palov oktabr oyida Toshkent shahrida tayyorlangan. Poytaxtda 1 porsiya palovning o‘rtacha narxi 18800 so‘mni tashkil qilgan. Eng arzon palov esa Qoraqalpog‘istonda tayyorlangan. Unga ko‘ra, 1 porsiya tayyor palov o‘rtacha 13 833 so‘mga sotilgan.
Qayd etilishicha, narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi.
Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Avvalroq eng arzon go‘sht qaysi bozorlarda sotilayotgani ma’lum qilingandi.