O‘zbekistonda 2020-yilning yanvar–sentabr holatiga 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan mobil telefonlar soni 285 tani tashkil etdi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Ma’lumot uchun, 2010-yilda ushbu ko‘rsatkich 145 tani, 2015-yilda 234 tani tashkil etgan.

Avvalroq Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekistonning qancha aholisi internet tarmog‘iga ulangani haqida ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, 2020-yilning 1-yanvar holatiga internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 16 million 386 ming 200 tani tashkil etib, 2019-yilning mos davriga nisbatan 23,0 foizga yoki 3,1 milliontaga o‘sgan.

От qwert.uz