Toshkent shahar Olmazor tumanida bir ayoldan uning yarim yalang‘och holda raqsga tushgani aks etgan videoni internetda tarqatmaslik va ayolning qarindoshlariga ko‘rsatmaslik evaziga 50 ming dollar talab qilgan erkak ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura tomonidan xabar berildi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Ma’lum qilinishicha, fuqaro B.S. (erkak) fuqaro A.G.ning (ayol) yarim yalang‘och holda raqsga tushgani aks etgan videolavhani internet saytlari orqali tarqatish va uning oila a’zolariga ko‘rsatib, sharmanda qilish haqida tahdid qilgan. Bu ishlarni qilmaslik evaziga erkak ayoldan 50 ming dollar berishni talab qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining Olmazor tuman bo‘limi va Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda erkak 6500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

От qwert.uz