Shirin-shakar soʼzlarni,
Gapiruvchi bu tildir.
Turli urush — janjalni,
Chaqiruvchi shu tildir.

Bir qarich kelar oʼzi.
Berkinar tish ortiga.
Yaralar otgan soʼzi,
Minib jaxl otiga.

Yaxshiyamki tilimiz,
Yolchimagan suyakka.
Yoʼqsa doim yuzimiz,
Qolar edi uyatga!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz