Bir shaxarda — bir oshpaz,
Tanilgan ekan yurtga.
Qilishar ekan xavas,
Pazanda deb albatta.

Taomlarini barcha,
Sevib yeyishar ekan.
«Shirin» — deya — «namuncha»,
«Raxmat» — deyishar ekan.

Bir yigit qilib ixlos,
Shogirdlikka kelibdi.
Oshpaz xam oʼylab bir oz,
Uni qabul qilibdi.

Soʼngra oshpaz kasb sirin,
Yigitga oʼrgatibdi.
Yigitning bilmaganin,
Аmalda koʼrsatibdi.

Bir kun shogirdni oshpaz,
Sinamoqchi boʼlibdi.
«Ustoz boʼlish osonmas»,
Deb ichida kulibdi.

Moʼljal qilib bir chetni,
Shogirdiga koʼrinmay.
Bir tovoq liq gurunchni,
Tozalabdi erinmay.

Soʼngra shogird-yigitni,
Chaqirib debdi shunday:
-«Senga aytay bir gapni,
Men bilan oʼtir bunday!

Shu gurunchni tozalab,
Toʼplab qoʼygin toshlarni.
Men kelganda ertalab,
Koʼrsatasan ularni!».

Gurunchni ketgach oshpaz,
Tozalashga erindi.
Bundan uning ishyoqmas,
Gʼirromligi bilindi.

Koʼchaga chiqib shunda,
Terib kirdi toshlarni.
Oshpaz tongda kelganda,
Koʼrsatibdi ularni.

-«Siz aytgan yumushlarni,
Аdo etdim, ey ustoz.
Koʼrib qoʼying toshlarni!»,
Oshpaz dedi: «Juda soz!».

Endi ishingni oʼgʼlim,
Kerakdir baxolamoq.
Fikr yuritsak sogʼlom,
Sinov natijang chatoq!

Bilib qoʼyki, gurunchda,
Bitta xam tosh yoʼq edi.
Qilbirlik qilib ishda,
Bundan koʼngling toʼq edi.

Lekin sen xato qilding,
Oʼzingdadir xamma ayb.
Chunki qovun tushirding,
Shogirdlik xam senga xayf!».

Аytib gapning ochigʼin,
Qissadan xissa qilsam,
Qingʼir ishning qiyigʼi,
Chiqar qirq yilda xam!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz