Prezidentning “Byurokratik to‘siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan fuqarolardan 28 turdagi ma’lumotnomani talab etish taqiqlangan, deb yozmoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Jumladan, Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan quyidagi 6 turdagi hujjatlar talab qilinmaydi:

  • turar joyda yashovchi shaxslar ko‘rsatilgan ma’lumotnoma;
  • oila a’zolarining pensioner bilan u vafot etgan kunigacha birgalikda yashab turganligi holatini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • qaramog‘ida mehnatga layoqatsiz oila a’zolari borligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma;
  • vafot etgan boquvchining qaramog‘idagi oila a’zolari tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • shaxsiy yordamchi xo‘jaligida qoramol mavjudligi yoki qishloq xo‘jalik mahsulotlarining boshqa turlarini yetishtirish bilan bandligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • dafn o‘tkazilganligi holatini tasdiqlash uchun ma’lumotnoma.

От qwert.uz