AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovida berilgan ovozlarni sanashni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Gazeta.ru”

“Sanashni to‘xtating”, — deb yozgan Tramp Twitter’da.

AQShda prezidentlik saylovi uchun ovoz berish 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tdi, biroq ko‘p sonli amerikaliklar 2020-yilda pochta orqali ovoz berdi, shu sababli ovozlarni sanash ko‘plab shtatlarda cho‘zilib ketmoqda va haligacha davom etmoqda. Bunda Tramp saylov uchastkalari yopilganidan keyin kelib tushgan byulletenlarni sanash kerak emasligini talab qilmoqda.

Ayni paytda vaziyat Trampning foydasiga xizmat qilmayapti. Tramp uning raqibi Jo Bayden g‘alaba qozongan ba’zi shtatlarda ovozlarni sud tartibida qayta hisoblashni talab qilishga tayyorligini ma’lum qilgan. Hozirgi tendensiyalar saqlanib qolgan taqdirda Bayden saylanish uchun yetarlicha ovozni to‘plagan bo‘ladi. Tramp mag‘lubiyatini tan olmasligi kutilmoqda, AQSh prezidentligi saylovi bo‘yicha yakuniy qaror esa sud tomonidan chiqarilishi mumkin.

Saylov bo‘lib o‘tishidan oldin respublikachilar ham, demokratlar ham ana shunday ssenariyga qattiq tayyorlangan va maxsus huquqshunoslar jamoasini yollagan.

От qwert.uz