Аzon payti, gʼira-shirada,
Qaergadir ketardi bir chol.
Zoʼrgʼa-zoʼrgʼa qadam bosardi,
Yurish uchun, kelmasdi majol.

Bir tup tolning oldiga yetib,
Oʼtirdi chol. suyanib tolga.
Barglarini sal qimirlatib,
Salom berdi goʼyoki cholga.

Shu tolni chol koʼp yillar burun,
Ekkan edi, erta baxorda.
Parvarishlab, koʼrsatib mexrin,
Suv quyardi, erta saxarda.

Mana bugun, oxirgi dafʼa.
Chol toliga, tashladi nigox.
Goʼyo tol xam, turardi xafa,
Barcha ishdan, boʼlganday ogox.

Cholni yengib, xastalik shunda,
Nazar tashlar, aziz toliga,
Toʼxtab yurak urishi birdan,
Chol yiqildi tolning yoniga.

Tong otganda, tushganda yorugʼ,
Tol tagida, jasad koʼrdilar.
Yaqinlari, qarindosh urugʼ,
Izzat bilan, cholni koʼmdilar.

Ertasiga, qiziq bir xolat,
Qurib qolmish, oʼsha tol qarang!
Bu nimadan, axir dalolat,
Lol qoldilar, boʼlib xangu-mang!

Аyamasa, quyosh nurini,
Oqib oʼtsa, tagidan anxor.
Unda nega tolning umrini…
…Xa. bu yerda, qandaydir sir bor!

Qizib ketdi, baxs va savol,
Kelmadilar, bular toʼxtamga.
Shunda keksa, nuroniy bir chol,
Soʼzlay ketdi, barcha odamga:

-«Salkam yuzta baxorni koʼrib,
Koʼrmagandim, lekin bu xolni.
Keling, cholni qabriga borib,
Oʼtqazaylik mana shu tolni!».

Tol baribir, koʼkarmas endi,
Lekin bundan, cholning ruxi shod.
Yaxshilikni, qilmaylik kanda,
Аxir bizga, emasku u yot!

Umid bogʼlab, savob ajriga,
Koʼchirdilar, tolni oʼrnidan.
Oʼtqazdilar, cholning qabriga,
Oʼrin oldi, qabr yonidan.

Ertasi kun, ziyorat qilib,
Chol qabriga, keldi farzandlar.
Xayrat bilan, qoldilar koʼrib,
Koʼkarib tol, yozibdi barglar.

Аql bovar qilmaydi koʼrib,
Qabristonda suvdan yoʼq nishon.
Lek shunda xam turar koʼkarib,
Xaqiqatmi yoki bu yolgʼon.

Buni bilib, odam tumonat,
Qabristonga oqdi, suv kabi.
Tol bilan chol xaqida faqat,
Kelganlarning soʼzlagan gapi.

Xoʼsh tol nima, oddiy oʼsimlik,
Lekin qarang, tutgan ishini!,
Baʼzan inson shu daraxtchalik,
Boʼlolmay, lol qilar kishini!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz