Turk seriallarini tomosha qilishni yaxshi ko‘radigan, ammo qaysi film ko‘rishni bilmayotganlar uchun seriallar ketma-ketligini taqdim qilamiz — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.
“Yaxshi va yomon kunda”
Foto: Getty Images
“Ijaraga sevgi” serialidagi roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Elchin Sangu ishtirokidagi film premyerasi kuzning boshida bo‘lib o‘tgan. Film sujeti to‘y kunida bo‘lajak kuyovning yo‘qolib qolishi va oradan yillar o‘tib paydo bo‘lishini tashkil qiladi. Qizig‘i, qiz qahramon tashlab ketgan yigitining to‘y marosimini tashkil qilishiga to‘g‘ri keladi.
“A.Riza”
Foto: Getty Images
Bu serial ikki turli olamning bir-birini sevib qolgan vakillari haqida. Ali Riza kambag‘al oilaning farzandi bo‘ladi. Ota-onasi uni haydovchilik qiladi deb o‘ylaydi, aslida esa u mafiozlarga qarshi kurashadi. Uning sevgilisi Xalide esa mafiya olami vakilining qizi. Serialning endigina 4 qismi ekran yuzini ko‘rgan.
“Yangi hayot”
Foto: Getty Images
Sobiq maxfiy xizmat xodimining hayoti biznesmen rafiqasining qo‘riqchisiga aylanganidan keyin butkul o‘zgaradi. Har ikkisining ham oilasi bo‘lishiga qaramay, bir-biriga nisbatan iliqlikni his qila boshlaydi va taqdiri bilan bog‘liq qiyin tanlov qilishiga to‘g‘ri keladi.
“Mariya va Mustafo”
Foto: Getty Images
Serial sujeti obro‘li turk xonadoni farzandi bo‘lgan Mustafoning Yevropadan Kappadokiyaga ekskursiya uchun kelgan Mariya ismli qizni sevib qolishi va oilasining turli e’tiqodi, ijtimoiy ahvoli va madaniyati sabab turmush qurishiga to‘sqinlik qilishiga asoslangan.
“Ma’sumlar xonadoni”
Foto: Getty Images
Gulseren Budayjio‘g‘luning mashhur asari asosida suratga olingan serial sujetini psixolog sifatida ishlaydigan opa-singillarning hayoti tashkil qiladi. Voqealar ularning akasi uyga yangi kelinni olib kelgani va barcha bir uyda yashab, bir oila bo‘lib birlashishi asosida rivojlanadi.
“Agentimga qo‘ng‘iroq qiling”
Foto: Getty Images
Istanbulga bolalikdagi orzusini amalga oshirish — kino olamiga qadam qo‘yish uchun tashrif buyurgan Dije ismli qiz hayoti film sujetini tashkil qiladi. U aktyorlik agentligida yordamchi sifatida faoliyatini boshlaydi va turli qiyinchiliklarga duch keladi.
“Kimsasizlar”
Foto: Getty Images
“Ichkarida” serialidagi roli bilan tanish bo‘lgan Kubra Suzgun va “Qizim”da ishtirok etgan Beren Go‘kyildiz rol ijro qilgan serial sujeti turli sabablarga ko‘ra yetimxonaga kelib qolgan bolalar bilan bog‘liq voqealar haqida. Uni tomosha qilish orqali yetimxonalardagi muhit va bolalar qiyinchiliklarni qanday yengishiga guvoh bo‘lsa bo‘ladi.