-«Qoʼling ol choʼntagimdan!»,
-«Gumon qilyapsan kimdan?».

-«Xozirgina sen battol,
Choʼntak kovlab, bemalol,

Baqraytirib koʼzingni,
Oqlaysan-a, oʼzingni!».

-«Men qidirdim roʼmolcha,
Buni koʼrdiku. barcha!

Tiqilinchda bilmasdan,
Qoʼl solibman, koʼrmasdan.

Mana, aytsin xaloyiq,
Xoʼsh, gumonga kim loyiq?».

Boʼlganidek xar doim,
Xaloyiq jim, muloyim!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz