Eshitganman goxo shunday soʼzni xam,
Baxt qushini qanday topadi odam.
Yoshligimdan shunga javob izladim,
Imkon boʼlsa uni tutmoq koʼzladim.
Kattalar der: -«Baxt qushing bor sening xam,
Faqat uni qidirish kerak. ukam!».
Qayda ekan unda mening baxt qushim,
Shu savolda boʼlib qoldi, es-xushim.
Koʼp qidirdim, baxt qushimni men, ammo,
Yechilmasdan keldi menda muammo.
Lekin aslo tushkunlikka tushmayman,
Baxt qushini men albatta ushlayman.
Lek baxt qushi oddiy qushdan farq qilar,
Yalqov, xudbin va nodonni tark qilar.
Baxt qushini yaratamiz oʼzimiz,
Yordam berar bunda bizga — qoʼlimiz!…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF