Bekatda turardi avtobus kutib,
Nuroniy kampir va ikki oʼspirin.
Birisi oʼzini «dono»day tutib,
Ikkinchisi oʼzin tutar kamtarin.

Oʼzini donoday tutgan oʼspirin,
Kamtarin yigitga uqtirardi gap.
Odobu-axloqning barcha «sirlarin»,
Tinimsiz soʼzlardi. toʼxtamasdi lab.

Bir zamon avtobus kelib toʼxtadi,
Xaligi «aqlli» chiqdi birinchi.
Аgar u aqlli boʼlganda edi,
Oldin chiqarmidi, oʼylab koʼringchi!

Ikkinchi oʼspirin qilmadi bunday,
Boyagi kampirni oʼtkazib avval,
Keyin avtobusga chiqdi shoshilmay,
Qay biri aqlli, mana boʼldi xal!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz