IIV YHXBB axborot xizmati 10-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqda “Termiz shahrida YPX xodimi qoida buzdi. Qiziq, u ham barcha fuqarolar kabi jarima to‘larmikan?” sarlavhasi ostidagi tarqalgan videoga o‘z munosabatini bildirdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kadr: Telegram

Videoda Termiz shahri YXHBga tegishli xizmat mashinasida harakatlanayotgan inspektor yo‘l chig‘ining belgilanmagan joyidan kesib o‘tib, ortga qayrilib olgani tasvirlangan.

“Videolavha o‘rganilganda Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPX xodimi o‘ziga xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan 75 232 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasida amaldagi yo‘l harakati qoidalarini chetlab o‘tgan holda yo‘lning o‘rtasida chizilgan, qarama-qarshi yo‘nalishdagi transport vositalarining oqimini ajratuvchi 1.3. yo‘l yotiq chizig‘ini kesib o‘tib, ortga qayrilib olganligi ma’lum bo‘ldi va unga nisbatan belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirilib, tushuntirish ishlari olib borildi”, — deyiladi xabarda.

Bayonnomaga ko‘ra, qoidabuzar YPX xodimi 111,5 ming so‘m miqdorida jarimaga tortilgan.

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvar oyida Qashqadaryoda YPX xodimi kamera ko‘targan olomon qurshovida qolib ketgani va natijada xodim jarimaga tortilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz