Choyxonada oʼtirardi keksalar,
Gurunglashib, undan-bundan gapirib.
Bir zamonda keksalarga bir bola,
Choy keltirdi, dastyor boʼlib, yugurib.

Qaytardilar loy boʼlsin deb bir marta,
Qaytardilar ikki bor moy boʼlsin deb.
Oʼzgarmadi lekin choy rangi xatto,
Qaytardilar uch marta choy boʼlsin deb.

Shunda xam choy oʼzgarmay, oʼsha axvol,
Buni koʼrib, taajjubda keksalar.
Bolakayni koyiy desa, bor maqol
«Suv keltirgan» — nega axir xor boʼlar!…

«Suv keltirgan xor, koʼza sindirgan aziz» — Xalq maqoli

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz