Jenevada Xalqaro Migratsiya Tashkiloti (XMT)ning Toshkentdagi to‘laqonli vakolatxonasini ochishni ko‘zda tutuvchi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qilgan — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Dunyo” axbrorot agentligi

O‘zbekiston 2019-yilda tashkilotning to‘laqonli a’zosiga aylangan va bu respublika bilan tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni faollashtirishga hissa qo‘shdi. Avval O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining raisi Tanzila Norboyeva Jenevaga tashrifi chog‘ida XMT bosh kotibi Antonio Vitorino bilan uchrashgani xabar qilingan.

Marosim yakunida Antonio Vitorino O‘zbekistonni XMTning 173-a’zosi sifatida samimiy qutlab, O‘zbekiston tomoni bilan jadal rivojlanib borayotgan hamkorlik sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilayotganini qayd etgan.

“2015-yilda Toshkentda XMTning ofisi ochilganidan buyon biz O‘zbekiston rahbariyatining migratsiyani samarali va zamonaviy boshqarish tizimini shakllantirishga bo‘lgan qiziqishi va qat’iy amaliy qadamlari tobora ortib borayotganiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Respublika siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga ochiqligini, qo‘shni davlatlar bilan munosabatlarida pragmatizmni namoyish etdi va ajoyib natijalarga erishdi. Biz prezident Shavkat Mirziyoyevning shaxsan mamlakat miqyosida migratsiya masalalariga ustuvor ahamiyat bergani va xalqaro migratsiya muammolari bo‘yicha hamkorlikka bag‘ishlangan mintaqaviy va global tashabbuslarda faol ishtirok etishi va qo‘llab-quvvatlashini tan olamiz va qadrlaymiz”, — degan XMT bosh kotibi Antonio Vitorino.

“Dunyo” axborot agentligining xabarida qayd etilishicha, O‘zbekiston birinchilardan bo‘lib Migratsiya bo‘yicha Global shartnomani qo‘llab-quvvatladi va uni to‘liq amalga oshirishda qat’iyatini namoyish etdi. Mamlakat mintaqada birinchi bo‘lib Global shartnomani amalga oshirishda milliy darajada erishilgan yutuqlar to‘g‘risida hisobot berdi.

O‘zbekistonning xorijdagi o‘z fuqarolarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xorijiy davlatlardagi COVID-19 inqirozidan aziyat chekayotgan va respublikaga qaytib kelganlarga yordam ko‘rsatishga qaratilgan sa’y-harakatlari ham alohida ta’kidlab o‘tilgan.

От qwert.uz