Volvo kompaniyasi ekstremal krash-test o‘tkazib, uning davomida o‘nlab avtomobillarini 30 metr balandlikda yerga tashladi. Bu kabi sinovlar favqulodda holat xizmati xodimlariga odamlarni qutqarish ko‘nikmalarini mustahkamlash, shuningdek, eng og‘ir avariyaviy vaziyatlarni modellashtirishga yordam bergan, deb yozadi Motor  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Volvo

Volvo mutaxassislari ekstremal krash-testni o‘tkazishda qurilish kranidan foydalangan. Uning yordamida shvedlar o‘nlab turli modellarni 30 metr balandlikka ko‘targan va ularni yuqoridan tashlagan. Muhandislar avtomobillarning yerga qulashi oqibatida tegishli darajadagi zarar yetish uchun har bir avtomobilga qancha bosim va kuch kerak bo‘lishini hisoblagan. Bu kabi sinovlar katta tezlikdagi avtomobillarga, shuningdek, yuk mashinasi bilan yuzaga keladigan to‘qnashuvlarni imitatsiya qilish imkonini bergan.

Ta’kidlanishicha, avariya holatlarida avtomobil yo‘lovchilari ko‘pincha kritik holatda bo‘ladi. Shu sababli krash-testning asosiy maqsadi favqulodda xizmat qutqaruvchilarining gidravlik qurilmalar yordamida mashinani ochishi va uning ichidagi shartli jabrlanuvchilarni qutqarish ko‘nikmalarini mustahkamlash bo‘lgan.

Foto: Volvo

Odatda qutqaruvchilari bundan 15-20 yil oldin yig‘ilgan va hozirda tashlab yuborilgan avtomobillarda mashg‘ulot o‘tkazadi. Biroq eski modellardagi po‘lat mustahkamligi va xavfsizlik karkasi konstruksiyasi zamonaviy avtomobillarnikidan farq qiladi. Shu sababli yangi modellar ustida o‘tkazilgan mashqlar mutaxassislarga insonlar hayotini saqlab qolish ko‘nikmalarini yaxshilash imkonini beradi.

Foto: Volvo

Avvalroq amerikalik o‘t o‘chiruvchilar mashg‘ulot uchun 770 ot kuchiga ega Mustang GT500’ni yakson qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz