O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 16-noyabrdan boshlab o‘quv jarayonining an’anaviy shakli qayta tiklanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Vazirlik xabariga ko‘ra, Respublika komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq barcha oliy ta’lim muassasalarida 2020-yilning 16-noyabridan oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonini an’anaviy shaklda davom ettirish belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida 2020/2021-o‘quv yili 2-sentabrdan masofaviy shaklda boshlangandi. Sentabr oyining boshida Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi matbuot kotibi Farhod Babashev O‘zbekiston OTMlarida an’anaviy ta’lim shakli 2021-yilning yanvar—fevral oylarida ikkinchi semestr boshlanish vaqtida qayta tiklanishi mumkinligini aytgandi.

От qwert.uz