Indoneziyada alkogolni butunlay taqiqlash taklif etildi

Indoneziya islomiy siyosiy partiyalari mamlakatda alkogol sotish va iste’mol qilishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqish uchun ilgari surdi, deb yozadi “RBK”  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Global Look Press

Kiritilgan taklifga ko‘ra, qonun tarkibida 1 foizdan 55 foizgacha spirt bo‘lgan barcha alkogol ichimliklarini taqiqlashni ko‘zda tutadi. Alkogolni ishlab chiqarish, saqlash yoki sotishga qo‘yilgan taqiqni buzganlik uchun siyosatchilar 100 ming dollargacha jarima yoki ikki yildan o‘n yilgacha muddatga qamoq jazosini belgilashni taklif qildi. Spirtli ichimlikni iste’mol qilganlik uchun esa ikki yilgacha hibs yoki 5 ming dollar jarima taklif etildi.

Shu bilan birga, ba’zi istisnolarni kiritish taklif qilinmoqda, masalan, dori vositalari va diniy marosimlar uchun. Shuningdek, sayyohlarga spirtli ichimlik sotish uchun maxsus ruxsatnomalar joriy qilinishi mumkin, ammo bu tizim qanday ishlashiga qonun loyihasi mualliflari aniqlik kiritgani yo‘q.

Bali mehmonxonalar assotsiatsiyasi raisi Riki Putra bunday chora-tadbirlar mamlakatda sayyohlik biznesiga jiddiy zarar yetkazishi yuzasidan xavotirini bildirdi.

“Chegaralar yana ochilganida qanday qilib odamlarni bu yerga kelishga jalb qilamiz? Nafaqat xalqaro mehmonlar, balki indoneziyaliklar ham hatto bir shisha pivo ichish mumkin bo‘lmagan joyda dam olib nima qilamiz, deb Baliga kelmaydi”, — deya aniqlik kiritdi u.

Putraning so‘zlariga ko‘ra, Indoneziya iqtisodiyoti koronavirus pandemiyasi tufayli jiddiy zarar ko‘rib bo‘lgan, navbatdagi taqiq esa vaziyatni faqat yomonlashtiradi. The Sydney Morning Herald ma’lumotlariga ko‘ra, faqat Baliga yetgan zarar allaqachon 95 foizni tashkil qilgan.

Bunday qonun qabul qilingan taqdirda, Bali alkogol sotish va iste’mol qilish taqiqlangan yagona turistik orol bo‘lmaydi. Ayni paytda bunday qonun Maldiv orollarida mahalliy aholi uchun amal qiladi. Sayyohlar spirtli ichimliklarni faqatgina mehmonxonalar hududlarida iste’mol qilishi mumkin. Shuningdek, alkogol iste’moli bo‘yicha jiddiy cheklovlar BAAda ham amal qiladi. U yerda jamoat joylarida spirtli ichimlik ichganlik uchun hibsga olish jazosi qo‘llanilishi mumkin.