Ushbu tansiq yegulikka ko‘p mahsulot ketmaydi va tez tayyor bo‘ladi. Uni qovurilgan tovuq qanotlari yoki boshqa taom yoniga garnir sifatida tayyorlash mumkin — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: “Gastronom”
Kerakli mahsulotlar:
- Guruch — 150 gr;
- Pishloq — 50 gr;
- Quritilgan pomidor — 1 dona;
- Petrushka;
- Ismaloq;
- Zaytun (qo‘shmasa ham bo‘ladi);
- Kunjut, tuz va murch.
Tayyorlanish jarayoni:
- Qaynagan suvga tuz solib, guruch pishirib oling;
- Pomidor, petrushka va zaytunni mayda qilib to‘g‘rang;
- O‘simlik yog‘i solingan tovada ismaloqni qovuring;
- Quruq tovada kunjutni qizdirib oling;
- Guruchga qirg‘ichdan chiqarilgan pishloq qo‘shing;
- Boshqa mahsulotlarni ham qo‘shib aralashtiring;
- Tuz va murch qo‘shing;
- Aralashmadan yigirmataga yaqin sharcha yasash mumkin;
- Guruchli sharchani smetanali yoki tomatli sous bilan qo‘shib iste’mol qilsa bo‘ladi.
Yoqimli ishtaha!