«Аgar sheʼr tugab qolsa…» (sheʼr)

Sheʼr yozishga oʼtirsam, qoʼlda qalam,
Savol berib qoldi, jajji nabiram.

-«Bobo, sheʼrlaringiz, tugab qolsachi,
Аna unda sizga qiyin boʼlsachi?».

-«Bolajonim, aslo boʼlmaydi unday,
Bu savolning, javobi esa shunday:

Davom etar ekan, xayot olamda,
Yurak urib tursa. xar bir odamda,

Xar yurakda «dard» boʼladi — «pinxona»,
Oʼsha «dard»ga, shoir boʼlib «parvona»,

Sabr bilan, uni zimdan «poylaydi»,
Satrlarga, misralarga joylaydi.

Bir soʼz bilan, koʼz ilgʼamas dardlardan,
«Bino» qurar, foydalanib xarflardan.

Lekin oʼsha binoning bormi zavqi?,
Buni aytmoq — muxlislarning xuquqi!…».

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF