Avvalroq senator Farmon Toshev Senatning 9-yalpi majlisida elektr muammosidan nolib parlament yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyevaga murojaat qilgani haqida xabar berilgan edi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Jumladan, Toshev “Internetni ochib qarang, hamma yerda bitta shikoyat, yagona shikoyat, elektr yo‘q, o‘chgan. Samarqandda ham shu ahvol, biz mana, hozir senatning yig‘ilishida shunga e’tibor qilmasak, hozir gapirmasak, u idoraning odamlari gapiradiganga o‘xshamaydi”,— degan.

Norboyeva bunga javoban o‘zi ham senatorlarni eshitayotgani, ham majlis olib borib, internet orqali aholining senat yalpi majlisini kuzatib yuborayotgan savollari, fikr-mulohazalarini tahlil qilib o‘tirganini aytgan.

Mana hozir onlayn berilayotgani uchun minglab internet foydalanuvchilari gaz va elektr energiyasi muammosini qachon hal qilasizlar, degan savollar bilan bizga murojaat qilishyapti.  Bu yerda kambag‘allikni qisqartira olmayapti, oshib ketyapti, degan gaplar ham bor. Endi bu bo‘yicha mana alohida bir tushuntirish o‘tkazishimiz hamda ishlarni kuchaytirishimiz kerak haqiqatan ham. Elektr, gaz yo‘q, yozilayotgan qancha savol bo‘lsa, shularning hammasi bir xil. Bizda gaz, svet yo‘qligini eshitasizlarmi o‘zi, jurnalist va blogerlarni, aholining gaplarini kuzatasizlarmi o‘zi, deya savol berishyapti. Albatta, kuzatamiz. Shu yerda o‘tirib ham yuzlab, minglab izohlarni o‘qib o‘tiribmiz. Shunday ekan, hurmatli hamyurtlar, men sizlarga OAV orqali va’da beraman, bizning tegishli qo‘mitamiz, ya’ni Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi, bizda gaz va svet bo‘yicha alohida qo‘mita yo‘q, shuning uchun mana shu qo‘mitamizdan iltimos qilamiz. Biz oldin ham bu masalani reja qilamiz, deb ko‘rgan edik. Lekin mana shu minglab murojaatlarni inobatga olib, mana shu masalani maxsus o‘rganib chiqishingizni so‘raymiz. Tez kunlarda tanqidiy yig‘ilish o‘tkazib ko‘rib chiqasizlar, kerak bo‘lsa, yalpi majlisga tegishli vazirlarning hisobotlarini qo‘yamiz.

Tanzila Norboyeva, Senat raisi

Norboyeva mablag‘dan muammo yo‘qligi, hech qanday muammo yo‘qligi sharoitida nima uchun Prezident islohotlari, gaz va svet joylarga yetib bormayotgani haqida savol bergan. Ushbu masala tez kunlarda ko‘rib chiqilishi, yalpi majlisni ham kutmasdan, qo‘mitalar majlisida o‘rganilishi, kerak bo‘lsa, yalpi majlisga olib chiqilishi, davlat rahbariga, albatta, bu masala bo‘yicha axborot berilishini ta’kidlagan.

От qwert.uz