Dasturxonni koʼzlagan,
Vitamindan soʼzlagan,

Pishdim deya boʼzlagan,
Oʼz oʼrnini izlagan,

Soʼng qor — yogʼib, tuzlagan,
Men olmaman — muzlagan!

Ex, odamlar, odamlar,
Bogʼda pishgan «begʼamlar»,

Uzmasdan kerak vaqtda,
Qoldirdingiz daraxtda.

Nima mening — gunoxim,
Endi foydasiz — oxim.

Orzuim sizga aytsam,
Dasturxonni bezatsam!,

Orzularim endi puch,
Xech qolmadi, menda kuch.

Xozir esadi shamol,
Keyin meni bemalol,

Daraxtdan qilar judo,
Xayr, endi — alvido!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz