Qaxraton qish bilan, baxor qildi jang,
Xoʼsh qani, qay birin — xoli boʼlur tang?.

Qor bilan izgʼirin — qishning lashkari,
Quyosh bilan yomgʼir — baxor navkari.

Yomgʼirda erishni boshlab berdi qor,
Quyoshning zarbidan dunyo boʼldi tor.

«Yotguncha — otib qol» deganday ular,
Oz fursat qarshilik, qilib koʼrdilar.

Foydasi boʼlmagach. boʼldilar taslim,
Endi yoʼq izgʼirin, tabiat soʼlim.

Qaxraton sovuqlar, sololmas qutʼqu,
Daraxtlar tanasin, tark etdi uyqu.

Tevarak atrofda — baxor libosi,
Qushlarning sayrashi — baxor sadosi.

Buvilar baxordan aytar rivoyat,
Gul fasli sep yoydi — mana, nixoyat!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz