Lampochka yorqin nur sochardi,
Nuridan qorongʼu qochardi.

Tutundan qorayib gʼoyatda,
Bir chiroq turardi — bir chetda.

Lampochka mensimay der unga,
-«Teng kela olmaysan, sen menga.

Piligu — kerosin oʼtining,
Nuringdan koʼproqdir — tutuning!».

Chiroq der: -«Dilozor boʼlmagin,
Oʼzingni yuqori bilmagin.

Bobongman, sen esa — nabiram,
Dimogʼdor boʼlibsan, sen biram!».

Lekin u tugatmay soʼzini,
Lampochka qoraytib — yuzini,

«Chirs» etib, tolasi uzildi,
Oʼrniga boshqasin qoʼyildi!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz