Dunyoga mashhur turkiyalik aktrisa Nur Fettaho‘g‘lu karyerasi bilan bog‘liq rejalari haqida bo‘lishdi. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, serialda suratga tushish niyati yo‘q. Bu haqda “RusTurkey.com” xabar bermoqda.

Foto: Instagram / @eclipsnf
Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa karyerasini suratga olish maydonchalarida davom ettirishga amin emas. Uning uchun teatrlashtirilgan tomoshalar seriallarda ishlashdan ko‘ra yaxshiroq — deb bu haqda «Daryo» nashri xabar beradi.

Foto: Instagram / @eclipsnf
“Yaqinda raqamli platforma bilan ishlash uchun shartnoma imzoladim. Ammo bu film ham, serial ham emas. U teatrlashtirilgan tomosha bo‘ladi. O‘ylaymanki, bu mening faoliyatimdagi yangi bosqichga aylanadi”, — deydi yulduz.
Ma’lumot uchun, aktrisa o‘zbek teletomoshabinlariga “Muhtasham yuz yil”, “Bobil” va “Opa-singil qizlari” kabi seriallardagi obrazlari bilan yaxshi tanish.