AQShning Aevum kompaniyasi orbitaga sun’iy yo‘ldoshlarni olib chiqishga qodir keng o‘lchamli uchuvchisiz boshqariladigan Ravn X apparatini taqdim etdi, deb xabar beradi New Atlas.

Foto: Aevum

Uchuvchisiz boshqariladigan qurilmaning uzunligi 24 metrga, balandligi esa 5,5 metrga yetadi. Bitta qanotining uzunligi 18 metrga teng. Dron samolyotlarda ishlatiladigan oddiy yoqilg‘i hisobiga harakatga keladi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ta’kidlanishicha, Ravn X deyarli har qanday ob-havo sharoitida parvoz qila oladi, dronning 70 foiz detallaridan bir necha marotaba foydalanish mumkin.

Foto: Aevum

Avvalroq Airbus uchuvchisiz boshqariladigan vertolyoti o‘zining ilk parvozini amalga oshirgani ma’lum bo‘lgandi.

От qwert.uz