«Yangi yil» tez aytishlari

Аrcha atrofida barcha ancha charchadi.

Qorqiz — qorday oppoq, oyday oyqiz.

Qorbobo — bobolar ichra zoʼr bobo.

Yangi yil bayram sovgʼalari biram xilma-xil.

Bogʼcha bolalari bayramga bagʼishlangan sheʼrlari bilan boʼlishdilar.

Eski yil xayrlashar,

Yangi yilga almashar.

Yangi yil tabrigi — koʼngillar koʼprigi.

Qish qirovli kunlardan keyin qorbobo qopini qaerga qoʼyadi?

Qiziq, qorqiz qorboboni qizimi?

Barcha bolalar archani bezatishni boshladilar.

Qorbobo kirib kelib — «Qopimdagi sovgʼalar — VIP» dedi kulib.

Topishmoqlarni topgan topagʼonlarga tuxfalar tarqatildi.

Yangi yilda — «Yangi tilaklar va istaklar».

Yangi yil bayramida — mushakbozlik boʼyicha jonbozlik boʼladi.

Bayram baxonasida bogʼcha bolalariga sovgʼalar berildi.

Qorbobo — «Nimalari bor?» bobo!.

Qorqiz — Odobi bor qiz — Latofatga boy qiz!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF