«Qishgi issiq kiyimlar xaqida» tez aytishlar

Sharif shartta sharfini oʼradi.

Qoʼldosh qoʼliga qoʼlqopini qoqib kiydi.

Tolib «telba» telpagini teparoq kiydi.

Botir baxonada «Botik»da botinkani «bobo»si borligini bildi.

Jun paypoq — Jun qalpoq — Qishda sizga xampok.

Jamila jiyaniga junli jemfer joʼnatdi.

Edik ertasiga eski etikda keldi.

Аbdupattoda xatto palьtoga mato yoʼq.

Shoxning Shaxinaga shaxzoda sharafiga xadyasi — shoxona pocha poʼstin.

Soʼm plastik kartaga — Murodga kurtka oldi.

Betmenni botinkasi botqoqqa botmaydi.

Sharifani shaxarda sharf bilan «sharaflashdi».

Poʼlat palьtoga pul toʼpladi.

Toʼlqin tulki terisidan telpak tiktirdi.

Qaxraton qishda qoʼllarim qoʼlqopni qoʼmsab qoldi.

Kurtka sirtga kiyiladi.

Etikni kiygan kishi — koʼpincha tetik.

Shofyorni shapkasini shamol uchirdi.

Ishonmagin doʼstinga — Chang solar poʼstininga!

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF