«Oʼzga yelka qidirar» (sheʼr)

Sabr-toqat bilan boʼlgin qadrdon,
«Sabr tagi — sariq oltin» deydilar.
Boʼlganing chun sabr bilan bir tomon,
Maqsadingni mushkullari yechilar.

Аgar bular senga boʼlsa begona,
Maqsading xam sendan yuzing oʼgirar.
Boʼlsang xamki sen arzanda, yagona,
«Baxt qushi»ng xam — oʼzga yelka qidirar!

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF