Toshkentda soxta tilla taqinchoqlarni 29 mln 300 ming so‘mga sotgan ayollar qo‘lga olindi

Toshkentda tadbirkorga 29 million 300 ming so‘m zarar yetkazgan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati “Daryo”ga  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Kadr: Videodan skrin

Ma’lum qilinishicha, Sergeli tumanida joylashgan tilla do‘konlarning biriga kirgan shaxs sotuvchini aldab soxta taqinchoqlarni jami 29 million 300 ming so‘mga sotib, voqea joyidan yashiringan.

Gulnora ismli ayol Sergeli tumani IIO faoliyatini rivojlantirish boshqarmasiga murojaat qilib, o‘z murojaatida unga sotilgan ayollar tilla taqinchoqlari soxta ekanligini ma’lum qilgan.

“Sergeli tumanida singlim Malika bilan tilla taqinchoqlarimizni ko‘rsatdik. Ularni 29 million 300 mingga baholashdik. Quti ichiga haqiqiy tillani solib berib, uni o‘rniga metalldan yasalgan qalbakisiga almashtirib berdik. Men sotuvchini chalg‘itib turdim, singlim malika ularni ‘skochga’ o‘rab qalbakisini berdi. Keyin 29 million 300 mingni olib Namanganga ketdik.”, – deydi gumonlanuvchi.

Tuman IIO FMBga mazkur jinoyat haqida xabar berilishi bilan tezkor tergov guruhi tomonidan mazkur jinoyatda gumonlanayotgan shaxsni aniqlash choralari ko‘rildi. Mazkur jinoyat ishini o‘z yurituviga olgan tergovchining ma’lumot berishicha olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlikka qo‘l organ shaxs topilgan.

Noma’lum ayol Aziza ismli shaxs ekanligi aniqlangan va tergovga jalb qilingan. Dastlabki tergov davomida jabrlanuvchiga yetkazilgan moddiy zarar to‘liq qoplangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Toshkentda Polshadan avtomobil shinalari olib kelishni va’da qilib, fuqaroni 40 ming dollarga “uxlatgan” shaxs, Gulistonda fuqarolarga 1100 dollar evaziga C va E toifadagi haydovchilik guvohnomalarini olib berishni va’da qilgan shaxs hamda Transformator o‘rnatib berish evaziga 3800 dollar so‘ragan “Andijon hududiy elektr tarmoqlari” xodimi qo‘lga olingani haqida xabar qilingandi.