Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi yil munosabati bilan mamlakatning birinchi sinf o‘quvchilariga mahalliy ishlab chiqarilgan kompyuterlar sovg‘a qilishni topshirdi. Bu haqda Turkmaniston Davlat axborot agentligiga tayanib, “Interfaks” xabar berdi.

Foto: Turkmenportal

Mamlakat bosh vazirining fan va ta’lim masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Mammetmirat Geldiniyazov prezidentga Agzybirlik tilsimaty korxonasi birinchi sinf o‘quvchilari uchun kompyuterlar chiqargani haqida ma’lum qilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.     Ushbu kompyuterlar texnik xususiyatlari xalqaro standartlarga javob berishi, ularga yuklangan dastur turli xil ta’lim funksiyalarni bajarishi, uchta tilda: turkman, rus va ingliz tillarida ishlashini aytgan.

“Bu korxonaning maktabdagi ta’lim jarayonini raqamlashtirishga qo‘shgan hissasi bo‘ldi”, — degan Geldiniyazov. Shundan so‘ng Berdimuhamedov birinchi sinf o‘quvchilariga ushbu kompyuterlarni taqdim etishni tashkillashtirish vazifasini yuklagan.

От qwert.uz