Bill Geyts an’anaga ko‘ra har yilning dekabr oyida unga eng ko‘p ishtiyoq bergan kitoblar to‘plami bilan o‘rtoqlashadi. 2020-yilda ham unga ko‘proq yoqqan asarlardan iborat “yomon yil uchun 5 ta yaxshi kitob” ro‘yxatini e’lon qildi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Gates Notes

“Ushbu kitoblar menga haqiqatan ham qiziqarli va maroqli tuyuldi. Ular sizlarga ham qiziq bo‘ladi deb umid qilaman”, — deya uning so‘zlarini keltirgan Forbes.

Ben Makintayrning “Ayg‘oqchi va xoin: sovuq urushning eng buyuk ayg‘oqchilik tarixi” asari — Britaniya razvedkasiga ishlagan va 1985-yilda Buyuk Britaniyaga qochib kelgan sobiq KGB polkovnigi Oleg Gordiyevskiy voqeasi. “Asar mening sevimli josuslik romanlarim kabi maroqli”, — deb yozgan Geyts.

Erik Larsonning “Muhtasham va manfur: Cherchill, oilasi va Blits vaqtidagi itoatsizlik haqidagi doston” asari — Buyuk Britaniyaning 1940—1941-yillarda nemis aviatsiyasi tomonidan bombardimon qilingani haqidagi kitob.

“Ba’zida tarixiy kitoblar uning mualliflari tasavvur qilganidan ham ko‘proq dolzarbroq bo‘ladi. Germaniya bombardirovkalar bilan inglizlarni bo‘ysundirishga harakat qilgan vaqtda inglizlar deyarli har oqshom podval va metro stansiyalariga tushib, jon saqlashga majbur bo‘lgan 1940 va 1941-yillar voqealari haqidagi ushbu ajoyib asar bilan ham shunday bo‘ldi. Ularning qo‘rquv va xavotiri biz pandemiya paytida duch kelganimizdan ancha jiddiyroq edi, ammo baribir tanishdek tuyuladi”, — degan milliarder.

Devid Epshteynnning “Diapazon. Universallar ixtisoslashuvlar dunyosida qanday g‘alaba qozonayotgani haqida” asari — ushbu kitobda “Sport geni” bestselleri muallifi muayyan mutaxassislikka sho‘ng‘ishdan avval ko‘pqirrali rivojlanishning ahamiyati haqida so‘z yuritadi.

“Agar siz bir paytlar o‘zingizni mutaxassis-hamkasblaringiz soyasida his qilgan yetuk mutaxassis bo‘lsangiz, bu kitob siz uchun”, — deya tavsiya qilgan Geyts.

Mishel Aleksanderning “Yangi Jim Krou: irqiy ko‘rlik davrida ommaviy qamoq” asari — sudlar adliya organlarining qora tanlilarga nisbatan adolatsizligi to‘g‘risidagi tadqiqot.

“Men bu kitobni bizga hukm chiqarishda yanada adolatli yondashuv va rangli uyushmalarga ko‘proq investitsiya kiritish kerakligi haqida har qachongidan ham ko‘proq ishonch bilan o‘qib tugatdim”, — deb yozgan Geyts.

Bijala Trivedining “Tuzdan nafas olish: o‘limga olib keladigan genetik kasallik, fanning yangi davri va tibbiyotni o‘zgartirgan bemor va oilalar” asari — ilmiy innovatsiya va uning mukovistidoz bemorlari va ularning oilalari hayotiga qanday ta’sir qilgani haqida hikoya.

“Bu voqea men uchun ayniqsa ahamiyatli, chunki ushbu kitobda ta’riflangan yangi dorilar yordam bergan oilalarni bilaman”, — deb yozgan Bill Geyts.

Microsoft’ga asos solaman deb Garvardni tashlagan Geyts hozirda dunyoning eng sahovatpesha hamda ashaddiy kitobxon sanaladi. Har yili u 50 ga yaqin kitob o‘qishga vaqt topadi.

От qwert.uz