“Dovod”, “Soprano klani” va “Taxtlar o‘yini”: Reddit yilning eng ko‘p muhokama qilingan film va seriallarini reytingni e’lon qildi

Reddit tarmog‘i 2020-yilning eng mashhur filmlari, serial va videoo‘yinlar reytingini foydalanuvchilar tomonidan eng ko‘p muhokamalarga sabab bo‘lgan ma’lumotlar asosida tuzib chiqdi, deb xabar beradi Entertainment Weekly.

Foto: Legion Media

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2020-yilda Reddit foydalanuvchilarining faolligi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada ortgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ijtimoiy tarmoq buni pandemiya sabab joriy etilgan cheklovlarga bog‘lamoqda: ko‘plab ko‘ngilochar tadbirlar cheklangan va odamlar internetda vaqt o‘tkazishga majbur bo‘lgan.

Eng mashhur seriallar:

  • Realiti-shou — “Katta aka”, “Kelin vizasi. Kuvoy vizasi”, “Bo‘ydoq”, “So‘nggi qahramon”, “RuPola qirollik poygasi”;
  • Komediya — “Ofis”, “Rik va Morti”, “Jamiyat”, “BoJek laqabli ot”, “Simpsonlar”;
  • Drama — “Soprano klani”, “Taxtlar o‘yini”, “Yaxshisi Solga qo‘ng‘iroq qiling”, “Ehtiros anatomiyasi”, “Tubanlashish” (Breaking Bad);
  • Anime — “Van-Pis”, “Mening qahramon akademiyam”, “Naruto”, “JoJoning ajoyib sarguzashtlari”, “Boruto”;
  • Ilmiy fantastika — “Yulduz yo‘li”, “Yovvoyi G‘arb dunyosi”, “Doktor Kto”, “Yuzlik”, “Zulmat”.

Eng muhokama qilingan filmlar:

  • “Dovod”
  • “Dyuna”;
  • “Mulan”
  • “Borat-2”;
  • “Sonik kinoda”;
  • “G‘aroyib ayol: 1984”;
  • “Gamilton”;
  • “Yirtqich qushlar: Xarli Kvinning ajoyib tarixi”;
  • “Qora Beva”;
  • “Ko‘rinmas odam”.

Eng mashhur videoo‘yinlar:

  • League of Legends;
  • Minecraft;
  • Animal Crossing;
  • Fortnite;
  • Destiny.