Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzaxda yo‘l-patrul xizmati xodimi xizmat avtomobilida yo‘l qoidani buzgani aks etgan video tarqaldi. Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha ma’lumot berdi — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: Telegram

Videoda Jizzax shahrida viloyat IIB YHXBga tegishli bo‘lgan 25 231 VSF davlat raqam belgili Lacetti maxsus xizmat avtomashinasi haydovchisi yo‘l harakati qoidalarining 3-bandida belgilangan talablarni buzgan holda, ya’ni piyodalar o‘tish joyidan oldin chizilgan 1.1 yo‘l yotiq chizig‘ini bosib harakatlanganligi hamda o‘ng tomonga burilish vaqtida qoidalarning 45-bandida belgilangan o‘ngga burilish talablarni buzib harakatlangani aks etgan.

Foto: Telegram

Foto: Telegram

YHXBB tomonidan ma’lum qilinishicha, holat o‘rganib chiqilgan va Lacetti xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rilgan.

От qwert.uz