Gollivud aktyori Jorj Kluni suratga olish ishlari uchun keskin ravishda 13 kilogrammga ozdi va shifoxonaga tushib qoldi, deb xabar beradi Mirror gazetasi.

Foto: EPA

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Yarim tundagi osmon” filmi ustida ishlar boshlanishiga to‘rt kun qolganda 59 yoshli Kluni qorindagi qattiq og‘riq bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Aktyorda pankreatit aniqlangan va u bir necha kun kasalxonada qolishga majbur bo‘lgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

“O‘ylashimcha, men o‘zish uchun qattiq harakat qilib yubordim va ehtimol, o‘zimga yaxshi e’tibor qaratmadim”, — deydi Kluni.

Aktyor global halokatdan keyin omon qolgan saratonga chalingan astronom roli uchun tayyorgalik ko‘rgan.

Kluni mazkur filmning rejissori ham hisoblanadi, uning ta’kidlashicha, film — hozirgi kundagi eng katta loyiha. Yulduzning kasallikdan sog‘ayishi uchun bir necha hafta kerak bo‘lgan.

Aktyor suratga olish ishlari uchun ozishdan tashqari, soqol ham olmay qo‘ygan, bu esa uning xotini Amalga yoqmagan.

“Men uzun, xunuk soqol o‘stirdim, bu og‘limga yoqdi, chunki u soqol ichiga turli narsalarni yashirib qo‘yardi… Ammo xotinim va qizim soqolim olinganidan keyin xursand edi”, — deydi Kluni.

Avvalroq Gollivud aktyori Kristian Beyl karyerasi davomida 274 kiloga semirib, ozgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

От qwert.uz