-«Qurbaqani, kim umrida koʼrmagan?»,
-«Naxot sheʼrga boshqa mavzu qolmagan?».
-«Bosib oldim, kecha men qurbaqani,
Soʼng gapidan ushlab qoldim, yoqani!
Dedi: -«»Nega bosding?», dedim:-«Bexosdan,
Meni kechir, ozor berdim, bilmasdan!».
Dedi:-«Mayli, seni kechiray, ammo,
Boshqa menga qilma bunday muammo.
Mendan zarar yetmagan xech bir joyda,
Xashoratni qiraman, qilib foyda.
Аsosiysi, sen yurganda «yasli» da,
Men kosmosni zabt etganman, aslida!»…
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF