O‘quv va ish joylarida bayramoldi ziyofatlari boshlanishiga hech qancha vaqt qolmadi. Bu borada ayollarni doimgidek bir savol o‘ylantirayotgan bo‘lishi aniq. Bayram uchun har yilgidan ham ko‘ra chiroyli va o‘zgacha ko‘rinishda bo‘lish uchun, avvalo, nimalar kiyib bo‘lmasligi haqida bilib olish kerak. Shunda savolga javob topish ham unchalik qiyin kechmaydi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Badanrang ko‘ylak

Foto: “Bigl.ua”

Ziyofat bu – aynan sizning tug‘ilgan kuningiz sharafiga nishonlanmayotgani aniq. Bu umumiy bayram ziyofati. Shuning uchun bunday ko‘ngilochar yig‘ilishlarda alohida ajralib, hammaning e’tiborini tortish shart emas. Shuningdek, bu kabi noqulaylik tug‘diradigan liboslar hamkasblar davrasida kiyish uchun to‘g‘ri kelmaydi.

Uzun libos

Foto: “modnaya.org”

Juda ham uzun liboslar bayram ziyofati uchun, albatta, noqulaylik keltirib chiqaradi. Ularni, asosan, to‘y oqshomlariga kiyish tavsiya etiladi. Bayramoldi jamoaviy yig‘ilishlariga tizzadan biroz tushib turuvchi, soddaroq libosni tanlagan ma’qul.

Kundalik kofta

Foto: Cosmopolitan

Ofis yoki o‘qish uchun kiyiladigan yubka yoki shim bilan biroz yaltiroq, ammo ziyofatga mos bo‘lmagan koftani birlashtirish to‘g‘ri kelmaydi. Bunday kombinatsiyani shunchaki ofisdagi qandaydir yig‘ilishlar uchun kiyish mumkin. Ziyofat libosi ishxona uchun mo‘ljallangan bo‘lishi kerak emas.

Ofis liboslari

Foto: Cosmopolitan

Bayram uchun rasmiy kostyum tanlash ham navbatdagi kamchiliklardan biri hisoblanadi. Birinchidan, bu kabi rasmiy uslub har qanday ziyofat uchun qulay emas. O‘z nomi bilan rasmiy hisoblangan kiyim ziyofatda o‘ynab-kulishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuningdek, kiyim egasiga go‘yoki ofisda o‘tirgandek hisni beradi. Bu bilan inson nafaqat o‘ziga, balki atrofdagi qulay muhitga ham xalaqit berishi mumkin.

To‘rli kolgotka

Foto: “ellcora.ru”

Haqiqatan ham bezakli va naqshli kolgotkalar qanday liboslar bilan mos tushishi hanuzgacha ma’lum emas. Nima bo‘lganda ham ushbu uslubdan eng ajoyib bayram ziyofatida foydalanmaslik tavsiya etiladi.

Noqulay libos

Foto: “Bigl.ua”

Korsetli, o‘ta ochiq yoki ba’zida ajralib ketishi mumkin bo‘lgan liboslar ziyofatlarda biroz ko‘ngilsizliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, hammaning e’tibori aynan shu kamchilikka tushayotgandek tuyuladi. Natijada tinimsiz ravishda kiyim to‘g‘rilash bilan ovora bo‘lish mumkin. Bu tartibda bayram ziyofati ham ko‘ngildagidek o‘tmaydi.

Ortiqcha zargarlik buyumlari

Foto: Cosmopolitan

Odatda ayollar yil davomida hech qanday zargarlik taqinchoqlaridan foydalanmaydi. Ammo yil oxirida do‘konlarda boshlangan chegirmalar tufayli ulardan bir qanchasini sotib oladi va iloji boricha barchasini birdaniga bayram ziyofatiga taqishni rejalashtiradi. Bunday ko‘rinish bilan ayollar qo‘pol qilib aytganda, bayram archasiga ham o‘xshab qolishi mumkin.

Mo‘yna

Foto: Cosmopolitan

Mo‘ynali kiyimlar bayram ziyofatlari uchun mos emas. Bunday libos ko‘proq katta taqdirlash marosimida qizil yo‘lakdan yurib kirayotganlar uchun o‘zgacha ko‘rinish hosil qiladi.

От qwert.uz