O‘zbekistonda 2020-yilning 9 oyi davomida FHDYo organlarida 614,7 ming nafar tug‘ilganlik holatlari qayd etildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,9 ming nafarga ko‘p, deya xabar qilmoqda Davlat statistika qo‘mitasi.

Foto: SSV matbuot xizmati

Qayd etilishicha, tug‘ilganlik holatlari hududlar bo‘yicha tahlil qilinganda, eng ko‘p tug‘ilishlar soni Samarqand viloyatida (74,4 ming nafar), eng kami esa Sirdaryo viloyatida (15,6 ming nafar) qayd etilgan  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Ushbu ko‘rsatkich aholi soniga nisbatan tahlil qilinganda, Surxondaryo viloyatida eng ko‘p, ya’ni har ming nafar aholiga 28 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Qoraqalpog‘istonda eng kam, ya’ni har ming nafar aholiga 20 nafar chaqaloq to‘g‘ri kelgani kuzatildi.

Avvalroq O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab yangi tug‘ilgan bolalarni ro‘yxatga olish jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilishi hamda O‘zbekiston aholisi yil boshidan buyon 477,5 ming kishiga ko‘paygani haqida xabar qilingandi.

От qwert.uz