O‘zbekiston Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati mamlakat hududida bir joydan boshqa joyga ko‘chgan, shuningdek, xorijga doimiy yashash uchun ketgan fuqarolarga pensiya to‘lash tartibi haqida ma’lumot berdi  — deb bu haqda «Daryo» nashri  xabar beradi.    

Foto: “Daryo”

Pensiya oluvchi shaxs O‘zbekiston doirasida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga ko‘chgan taqdirda, manzil-koloniyalarda jazoni o‘tayotganda yoki manzil-koloniyadan ozod etilganda, pensiya hujjatlar yig‘majildi pochta orqali pensionerning yangi yashash joyi yoki manzil-koloniya joylashgan yerdagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga yuboriladi yoki pensionerning qo‘liga beriladi.

Pensiya oluvchi shaxs bir tuman (shahar) hududida, shuningdek, O‘zbekiston hududi doirasida boshqa tuman (shahar)ga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganda pensiya avvalgi yashash joyi bo‘yicha shaxs ro‘yxatdan chiqarilgan oyning oxirigacha to‘lanadi.

Ushbu holatda pensiyani to‘lash pensiya hujjatlar yig‘majildi olingandan keyin pensiya oluvchi shaxsning yangi yashash joyi bo‘yicha Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash uning oldingi yashash joyi bo‘yicha pensiyani to‘lash to‘xtatilgan vaqtdan boshlab, biroq u hisobga qo‘yish maqsadida murojaat etganidan oldingi o‘n ikki oydan oshmagan davr uchun davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan xorijiy davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan ro‘yxatdan chiqqan oyning oxirigacha to‘lanadi.

O‘zbekiston tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani to‘lash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi” degan belgi bo‘lgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida to‘xtatilishi mumkin.

Doimiy yashash uchun xorijiy davlatga ketishgacha tayinlangan pensiya (O‘zbekiston Respublikasi pensiya ta’minoti to‘g‘risida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga ketish to‘g‘risida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib O‘zbekistondan jo‘nab ketiladigan sanadan 6 oy keyingi muddat uchun O‘zbekiston milliy valyutasida to‘lanadi.

Pensiya to‘lanadigan olti oylik davr O‘zbekistondan tashqariga doimiy yashash uchun ketishdan avval berilgan arizada ko‘rsatilgan sanadan boshlab hisoblab chiqiladi, bunda ariza berilgan oyda hisoblangan (to‘langan) pensiya puli hisobga olinadi.

Olti oy uchun oldindan pensiya to‘lash ariza, fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasporti, chet ellik uchun yashash huquqini beruvchi guvohnoma, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi asosida, mazkur hujjatlarda “Doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarildi” degan belgi hamda ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limining doimiy yashash uchun ketish to‘g‘risidagi stikeri, ketish varaqchasi, shuningdek shaxs borish niyatida bo‘lgan xorijiy davlatning vizasi (agar bu zarur bo‘lsa) bo‘lganda — O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, xorijiy fuqaroga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga to‘lanadi<

Pensiyani olti oy oldindan to‘lash pensiyani yetkazib berish yuklangan tashkilot orqali bir martalik qaydnoma asosida, shuningdek tijorat bankining filialida pensionerning nomiga ochilgan bank hisobraqamiga naqdsiz pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mazkur pensiyani to‘lash pensiyani yetkazib berish yuklangan tashkilotga moliyalashtirilgan pensiya mablag‘lari hisobidan to‘lanadi.

Mazkur pensiya summasini O‘zbekiston qonun hujjatlariga muvofiq pensiya to‘langan davrda pensiyalar miqdorlari o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi.

Agar shaxsga pensiya olti oy oldindan to‘langandan keyin doimiy yashash uchun O‘zbekiston tashqariga ketmagan bo‘lsa, unga pensiya to‘langan olti oylik davr tamom bo‘lgandan keyin pensiyani to‘lash uchun murojaat qilingan taqdirda pensiya to‘lanishi mumkin.

От qwert.uz