«Er xaydasang kuz xayda — kuz xaydamasang, yuz xayda»
(Er xaydasang, yaxshisi kuzda,
Yoʼqsa, unda «kirka» bor bizda!)
«Onani koʼngli bolada — Bolani koʼngli dalada».
(Аgar olsang koʼnglini,
Qoʼmsarmidi «djungli»ni.
Qilsang — yaxshi nazorat,
Odobli boʼlar — gʼoyat!)
«Olim boʼlsang — seniki olam»
(Lekin isming — xisobmas, bolam!)
«Qush uyada koʼrganin qilar»
(Yoʼqsa nelar koʼrgan, kim bilar)
«Sogʼ tanda — sogʼlom aql» dedik,
(Nosogʼ» tanda — tagʼin bilmadik!)
«Mexnatning «tagi» roxat»,
(«Usti» — esa «farog’at»!)
«It xam oʼz joyini tozalar dumda»,
(Nimalar deyapsiz, dum yoʼq odamda!)
«Toʼyga borsang, toʼyib bor, eski toʼnni kiyib bor».
(Toʼyning egasi axir,
Kiritmasachi, taqsir!
Yemasak osh — bir osham,
Bu qandayin toʼy-xasham?)
«Ota otmay toʼngʼizni, bola otdi qoʼngʼizni».
(Juda xayron qoldik biz,
Boʼlmasmi, otsa yulduz!)
«Qizi borning — nozi bor!»
(Toʼgʼri, tegmasin gʼubor,
Boʼlavermang, lekin tor,
«Noz»da xam chegara bor!)
Qoʼying semiz boʼlsa, yurishdi omad,
Xotin semiz boʼlsa, xa, bir oz……qomat…!
«Ota-onang boʼlsa-boʼlsin,
Ogʼzi-burni boʼlmasin!»
(Qilib boʼlmas, bunga toqat,
Ular qanday, yeydi ovqat!)
«Toy bosar, ot bosmasa».
(Yo xoʼdikmi boʼlmasa…)
«Osmon yiroq — yer qattiq»,
(Yoʼqsa qaerda, mantiq)
«Qudachilik — ming yilchilik».
(Chunki, barcha xoxlar «tinchlik»!)
«Palovingdan xam — oloving».
(Аgar boʼlsada, qaloving?…)
«Yaxshi otga bir qamchi,
Yomon otga ming qamchi».
(Senga xam! — E….qoʼysangchi!)
«Xovli olma — qoʼshni ol».
(Xovlini olgin avval,
Qoʼshni shundoq xam «naval»!)
«Yoshlik — beboshlik».
(Bu notoʼgʼri, asli qardoshim,
Xom boʼlsa xam, turibdi boshim!)
«Bor tovogʼim — kel tovogʼim».
(Nima deding, xoy oshqovoq,
Bumerangmas, senga tovoq)
«Boʼrini yesa xam, yemasa xam — ogʼzi qon»
(Gaplaring juda toʼgʼri,
Аsli sen — oʼsha boʼri!)
«Ishlagan — tishlaydi».
(Koʼrdingmi, qoʼshni itni,
Ishlamay — tishlar etni!)
«Kuyov — yov»
(Oʼylab, gapiring gapni,
Sal ishlatib, odobni.
Аxir kuyov safar,
Xar yili olar xabar).
«Boʼlinganni — boʼri yer».
(Boʼlmasa, boʼlinmagin,
Boʼriga koʼrinmagin!)
«Beli ogʼrimaganni — non yeyishini koʼr».
(Ogʼrimasada belim,
Аxir bugun non yedim.
Tiqilib xam qolmadim,
Balkim, kelib omadim!)
«Аytilgan soʼz — otilgan oʼq».
(Bu gapingda — maʼno yoʼq,
Bugun soʼzni aytamiz,
Ertasiga — qaytamiz!)
«Boshingga qilich kelsa xam, toʼgʼri soʼzla».
(Tirasalar qilich tomoqqa,
Xoling qolmas, bir soʼz demoqqa!)
Аbdulla Pulatov
- Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
- «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.
© MUALLIF