«Bebosh nixol» (sheʼr)

Bogʼbon nixol oʼstirdi,
Parvarish qilib uni,
Tagin chopib, yumshatdi,
Va suv quydi xar kuni.

Qingʼir-qiyshiq shoxlarin,
Qirqmadi, koʼzi qiymay.
Voyaga yetdi lekin,
Аzob-uqubat koʼrmay.

Xoli boʼlsin deb qurtdan,
Baxor tanasin oqlab.
Bogʼbon edi koʼp xursand,
Mevaga umid bogʼlab.

Daraxt tushmagur lekin,
Gullab meva qilmadi.
Bogʼbonning mexnatlarin,
Qaytarmadi — bilmadi.

Bogʼbon xayron-lol edi,
Bebosh oʼsibdi nixol.
Аyb oʼzida, lek endi,
Uni qaytarmoq maxol!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF