Men buvamni sogʼindim,
Koʼrgim keladi, biroq,
Bobom yiroqda endi,
Bagʼriga olgan tuproq.

Buvam ketib frontga,
Dushman bilan kurashgan,
Аslo chekinmay ortga,
Gʼalabaga erishgan.

Аgar xayot boʼlganda,
Oshar edi, yuzdan xam.
Esimda, xayot chogʼi,
Tetik edi, bizdan xam.

Yillar oʼtib oradan,
Qancha suv oʼtdi oqib.
Buvam xamon tepadan,
Turibdi bizga boqib!…

Аbdulla Pulatov

  • Materiallar faqat shaxsiy maqsadlarda foydalanish uchun: Materiallardan tijorat maqsadlarida foydalanish, tarqatish qonun bilan taqiqlanadi.
  • «Mualliflik xuquqi va turdosh xuquqlar to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni: № 42 son, 20 iyun. 2006 yil.

© MUALLIF

От qwert.uz